IFMA vitse-prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurdi

CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga Xalqaro Muaytay uyushmalari federatsiyasi (IFMA) vitse-prezidenti, Evropa va Turkiya muaytay federatsiyasining rahbari Hasan Yildiz tashrif buyurdi. Mehmonni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi.

Tecno

Tomonlar joriy yil Chendu shahrida o‘tkaziladigan Butunjahon sport o‘yinlari, Ar-Riyod mezbonlik qiladigan Islom birdamligi o‘yinlari hamda Bahrayn davlatida bo‘ladigan yoshlar Osiyo o‘yilariga o‘zbekistonlik sportchilarni puxta tayyorlash borasida fikr almashishdi. 

Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizda ushbu sport turini yanada rivojlantirish, yoshlar orasidagi ommaviyligini oshirish haqida ham so‘z bordi. Bu haqda O‘zbekiston Muaytay Assosatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!