Ignatiy Nesterov "Neftchi"ga o‘tadimi? Rasmiy munosabat bildirildi

  • 14 dekabr, 2021, 13:21
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha saytimizda "Qizilqum" darvozaboni Ignatiy Nesterov boshqa jamoaga, jumladan, "Neftchi"ga o‘tishi mumkinligi borasida xabar berilgandi. Bugun farg‘onaliklar matbuot xizmati ushbu ma’lumot asossiz ekanligini bildirdi.

- Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyning "Qizilqum" jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov joriy yilning 31 dekabrda klub bilan tuzilgan shartnoma muddati tugayotgani, shu sababli yangi jamoa axtarayotgani, shu jumladan, "Neftchi" klubi unga qiziqish bildirayotgani haqida har hil mish-mishlar keng tarqalmoqda.

"Neftchi" PFK shuni ma’lum qiladiki, bu mish-mishlarda hech qanday asos yo‘q. Farg‘ona jamoasi o‘z rejasi bo‘yicha yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Bu borada aniq o‘zgarishlar yuz bersa biz, albatta, o‘z rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali xabar beramiz, - deyiladi klub bayonotida.

Ignatiy o‘tgan mavsum 26 o‘yinda maydonga tushib, 29 gol o‘tkazib yuborgan va 7 bellashuvda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Tajribali posbonning "Qizilqum" bilan amaldagi shartnomasi 31 dekabr kuni yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!