Ikardi uchun 3 ta grand klub kurash boshladi

  • 01.06.2019 10:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning "Inter" klubi forvardi Mauro Ikardi uchun birdaniga Evropaning 3 ta grand klubi kurash boshladi.

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli argentinalik futbolchi uchun "Atletiko", PSJ va "Yuventus" da’vogarlik qilmoqda. Ushbu transfer 70-80 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Inter”ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa rahbariyatidan Ikardini sotib yuborishni talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ikardi o‘tgan mavsum “neradzurrilar” safida 37ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!