Ikardini APLga olib ketishmoqchi
PSJ hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga "Chelsi"da jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. “Aristokratlar” davralar oralig‘ida tarkibga yana bir hujumchi qo‘shib olishni rejalashtirishmoqda.
Aytish lozimki, Ikardining o‘zi ham Parij klubidan ketishga tayyor. U PSJda etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotganidan norozi.
Mauro Ikardi joriy mavsum PSJ safida jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.
Fikrlar