Ikardini Madridda kutishmoqda
Mavsumni PSJ safida ijarada o‘tkazayotgan "Inter" forvardi Mauro Ikardi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli argentinalik futbolchi uchun "Real" Madrid ham kurash boshlagan. “Qirollik klubi” Ikardi uchun “neradzurrilar”ga 70 mln evro to‘lashga tayyor.
PSJ esa katta ehtimol bilan Ikardini sotib olish huquqidan voz kechadi. Unga "Yuventus”dan ham qiziqishlar bo‘lmoqda.
Ikardi joriy mavsum PSJ safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar