Ikki engilmas jangchi "UFC 310" turnirida to‘qnashadi

  • 16 noyabr, 2024, 14:13
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan UFC jangchisi Shavkat Rahmonov (18-0) yana bir engilmas irlandiyalik sportchi Ian Garri (15-0) bilan jang qiladi.

Avvalroq, "UFC 310" musobaqasida Shavkat yarim o‘rta vaznda amaldagi UFC chempioni Belal Muhammadga qarshi to‘qnash kelishi kerak edi. Biroq, kamar sohibi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari tufayli chekinishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil dekabr oyida "UFC 296" turniridagi so‘nggi jangida Rahmonov amerikalik Stiven Tompsonni ikkinchi raundda mag‘lub etgandi. Ian Garri, o‘z navbatida, "UFC 303" da hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra britaniyalik Maykl Peyjdan ustun keldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!