Ikki grand: “Siti” APLdan haydalsa, Sherkini olib ketamiz!
“Liverpul” va PSJ klublari APLning moliyaviy qoidalari buzilgani uchun “Manchester Siti”ga ehtimoliy sanktsiyalar qo'llanilishi fonida klubning hujumkor futbolchisi Rayan Sherkiga qiziqish bildirа boshlandi.
Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.
Manba ma'lumotiga kо'ra, “Manchester Siti” jazolangan taqdirda, klub Sherkini “о'zi uchun maqbul bо'lgan narxda ikkilаnmasdan sotuvga qo'yadi”. Bu qishki yoki yozgi transfer oynasida sodir bо'lishi mumkin.
Shuningdek, 23 yoshli futbolchining hо'latini Madriddning “Real” klubi va “Chelsi” ham kuzatayotgani ta'kidlangan.
Joriy mavsumda Sherki barcha turnirlarda sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, tо'rtta gol va ikkita golli uzatma qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mо'ljallangan.
Transfermarkt ma'lumotlariga kо'ra, Sherkining bozor qiymati 90 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar