Ikki klub “Barsa” superfutbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishiga qarshi chiqmoqda

  • 15 dekabr, 2024, 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Atletiko” va Bilbaoning “Atletik” klublari La Liga rahbariyatiga bosim o‘tkazib, “Barselona” Daniel Olmoni chempionatning ikkinchi qismi uchun qaydnomadan o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilmoqla.

Tecno

Estadio Deportivo va Más que Pelotas kabi manbalari bu ikki jamoa mutasaddilari “Barselona” o‘yinchilarni qaydnomadan o‘tkazish va ularning maoshlarini chegarash bo‘yicha La Liganing talablariga bo‘ysunishi kerak, degan fikrni ilgari suryapti.

Yozda Kataloniya klubi safiga qo‘shilgan Daniel Olmo mavsum boshida ham qaydnomadan o‘tkazishdagi muammolar tufayli bir necha o‘yinlarda ishtirok eta olmadi. Keyinchalik La Liga “Barsa” o‘yinchilaridan Andreas Kristensen jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani sababli Olmoni yarim mavsumga ro‘yxatga olgan edi.  

Ayni paytda “Barselona” ham bu muammoga echim qidirmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, klub qishki transferlar vaqtida Andreas Kristensenni boshqa klubga sotib yuborish orqali Olmoga joy ochmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!