Ikki oy futbol o‘ynamagan Beyl to‘pga ilk teginishidayoq golli uzatmani amalga oshirdi

Ayni daqiqalarda Ispaniya Kubogi 1/16 finali javob uchrashuv – “Real” hamda “Fuenlabrada” jamoalari o‘rtasidagi bahs davom etmoqda. Ushbu o‘yinda madridliklar yarim himoyachisi Garet Beyl zahiradan maydonga tushirildi.

28 yoshli futbolchi o‘yinning 62-daqiqasida zahiradan maydonga tushdi va to‘pga ilk teginishidayoq Borxa Mayoralga golli uzatmani taqdim etdi.

Qayd etish joiz, uelslik futbolchi jarohai bois sentyabr oyidan buyon maydonga tushmayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!