
Ikkinchi davradan oliy liganing barcha o‘yinlari translyatsiya qilinadi!
Bir necha oy oldin oliy liga o‘yinlari translyatsiya qilishini to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi.
Kecha Toshkentdagi Radisson mehmonxonasida o‘yinlarni onlayn translyatsiya qilish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi va "Empower Sport“ korxonasi hamkorligida bo‘lib o‘tgan seminarda ikkinchi davradan muxlislar uchrashuvlarni onlayn tarzda kuzatib borishlari ma’lum qilindi.
Endi O‘zbekiston futbolini dunyoning istalgan joyidan tomosha qilish imkoniyati yuzaga kelmoqda.
Fikrlar