
Ikrom Aliboev "Lokomotiv" safida yubiley uchrashuvini o‘tkazdi (Foto)
2013 yilda "temiryo‘lchilar" safiga kelib qo‘shilgan Ikrom Aliboev kecha o‘zining yuzinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yarimhimoyachi Superliga (Oliy liga) baxslarida 72 marta, O‘zbekiston kubogida 13 marta va Osiyo chempionlar ligasida 15 marta maydonga tushgan.
Fikrlar