Ikrom Aliboevga kartochka ko‘rsatilishi kerak edi - Ekspert hakamlar xulosasi
O‘zbekiston Superligasining 25-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – OKMK jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda bahsli epizod qayd etildi.
"O‘yinning 36-daqiqasida “Neftchi” futbolchisi raqibga nisbatan to‘p uchun kurash jarayonida qo‘pol harakat qilgandek ko‘rindi. Biroq vaziyat tahlili shuni ko‘rsatdiki, futbolchi to‘p uchun kurash jarayonida OKMK o‘yinchisining butsasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba bermagan. Aliboev oyoq harakatini qaytarayotgan vaqtda Ahrorovning butsasiga teggan.
Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga ko‘ra, ushbu epizodda bosh hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilmaganligi to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Biroq “Neftchi” futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatilishi zarur edi.
Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga ko‘ra, ushbu epizodda bosh hakam tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilmaganligi to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Biroq "Neftchi" futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatilishi zarur edi", - deyiladi O‘zFHM bayonotida.



Fikrlar