Ikrom Aliboevning jamoadoshi jonsiz holda topildi

  • 31 oktabr, 2020, 05:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

30 oktyabr kuni Janubiy Koreyaning "Seul" klubi himoyachisi Kim Nam Chun jonsiz holda topildi. Koreya nashrlarida yozilishicha, 31 yoshli futbolchi klub qarorgohining avtoturargohida vafot etgan. Politsiya futbolchining o‘limida jinoyat izlari yo‘qligi va u o‘z joniga qasd qilganligiga gumon qilmoqda.

Kim "Seul" klubida 2013 yildan beri faoliyat yuritayotgandi. U shuningdek, majburiy harbiy xizmatni o‘tash uchun 2 yil davomida harbiylar jamoasi hisoblangan "Sangju Sanmu" klubi sharafini himoya qilgan. 31 yoshli futbolchi faoliyati davomida 131 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan.

Himoyachi 2019/21 mavsumda jamoasi safida 25 uchrashuvda maydonga tushgandi. Ushbu klubda hamyurtimiz Ikrom Aliboev ham to‘p tepadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!