Ildar Mamatkazin legionerga aylandi

  • 3 fevral, 14:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Andijon” klubini tark etgan himoyachi Ildar Mamatkazin yangi mavsumni legioner sifatida o‘tkazadigan bo‘ldi.

36 yoshli futbolchi Qirg‘iziston chempionatida “Alay” klubi sharafini himoya qiladi. Tomonlar kuni kecha bir yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Bu borada klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mamatkazin o‘tgan yili “Andijon” bilan birga mamlakat Kubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, "Nasaf" bilan Superkubok sohibiga aylangan.

U faoliyati mobaynida katta futbolga aynan “Andijon” klubi orqali kirib kelgan. Shuningdek, “Paxtakor”, “Dinamo”, “Nasaf”, “Saxam” (Yaman), “Arambag” (Bangladesh) kabi klublarda ham o‘ynagan.

Ildar shu kungacha faoliyati davomida 175 ta o‘yinda maydonga tushgan. 17 ta gol urgan va 1 ta golli pas uzatgan. Oxirgi uch mavsumni esa “Andijon”da o‘tkazdi. Umuman olganda, Mamatkazin faoliyati davomida andijonliklar sharafini ko‘p marotaba himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!