
Ilgari Chagaevni enggan bokschi yana ikkita kamarni qo‘lga kiritdi
WBO International va WBA Continental kamarlari uchun o‘tkazilgan bellashuv 12 raund davom etdi.
Moskvada tashkil etilgan professional boks kechasida rossiyalik mashhur bokschi Aleksandr Povetkin (32-1-0, 23 KO) va ukrainalik Andrey Rudenko (31-3-0, 19 KO) o‘zaro kuch sinashdi.
Biroq, ukrainalik charm qo‘lqop ustasi jangga to‘liq tayyor emasligi uchrashuv boshidan bilinib qoldi. Rudenko birinchi raundda bo‘ynidagi og‘riqdan shikoyat qildi. Uzoq muhokamadan so‘ng jang davom ettirildi.
12 raundlik jangda faol harakatlari va aniq zarbalari bilan ajralib turgan Aleksandr Povetkin ochkolar hisobida g‘alaba qozonib, har ikki kamarni o‘ziniki qildi.
Aleksandr Povetkin faoliyati davomida o‘zbekistonlik jahon chempioni Ruslan Chagaevni ham mag‘lubiyatga uchratgan.
Fikrlar