Ilhom Mo‘minjonov "Neftchi" klubi bosh murabbiyiga aylandi

  • 11 dekabr, 2020, 12:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" va "Surxon" klublari sobiq ustozi Ilhom Mo‘minjonov faoliyatini vodiyda davom ettiradi.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Mo‘minjonov "Neftchi" bosh murabbiyiga aylandi. Hozircha, farg‘onaliklar matbuot xizmati bu haqda ma’lumot bermadi.

muminjonov_1

2019 yilning 1 aprelida O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan Ilhom Mo‘minjonov 4 yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan edi. 2020 yilning 3 yanvarida “Surxon” futbol klubi Etika qo‘mitasiga Ilhom Mo‘minjonov ishini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgan. Unda “Surxon” futbol klubi kafil sifatida murabbiyning diskvalifikatsiyasi bo‘yicha qarorni qayta ko‘rib chiqib, uning murabbiylik faoliyati tiklanishini so‘ragan. Natijada Ilhom Mo‘minjonovga nisbatan qo‘llanilgan 4 (to‘rt) yil muddatga futboldagi har qanday faoliyatdan chetlashtirish intizomiy jazo chorasi qisqartirilib, Mo‘minjonovning diskvalifikatsiyasi 2020 yilning 31 dekabriga qadar amal qilishi belgilangandi.

"Neftchi"ni Superliga o‘tish o‘yiniga aynan Ilhom Mo‘minjonov tayyorlaydi. Ushbu bellashuv 15 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ilhom Mo‘minjonov "Andijon" bilan uchrashuvda murabbiylar uchun ajratilgan joyda o‘tirmasligi mumkin. Chunki uning chetlatilish muddati tugamagan.

Pro liganing oxirgi turida "Turon" bilan uchrashuvdagi janjallar sabab, "Neftchi" murabbiyi Abdusamad Do‘rmonov lavozimidan ozod etilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!