Iliya Topuriya: "Arman Tsarukyaning jag‘ini sindiraman"

  • 28.05.2026 09:46
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yengil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya titulga daʼvogarlardan biri Arman Tsarukyan bilan ehtimoliy jang uchun oʻz prognozlarini bildirdi.

"Arman kurashini oʻziga xos deb oʻylaydi. Gʻoyo u Olimpiya chempioni, dunyodagi eng yaxshi kurashchi. Biroq oktagonda men qirolman. 

Xoʻsh, bahs qanday oʻtadi?! Tsarukyan jang boshidanoq teykdaun amalga oshirishga harakat qiladi va oyoqlarimdan ushlab parterga oʻtkazadi. Biroq u yerda meni nazorat qilish oson emasligini tushunganida, vahimaga tushib qoladi. Men esa aynan oʻsha payt tomoshabinlar koʻz oldida uning jagʻini sindiraman!" - dedi "Matador" Viku Blendsga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, Oq Uyda 14 iyun kuni oʻtkaziladigan UFC turnirida Topuriya mezbonlar vakili yengil Jastin G’etjiga qarshi oktagonga koʻtariladi. Tsarukyan ushbu bahsni sugʻurtalamoqda. Agar amerikalik jarohat sabab jangda ishtirok eta olmasa, oʻrniga Armanning oʻzi "Matador" bilan jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!