Iliya Topuriya ko‘zlarini ocha olmayapti, biroq...
Amerikalik MMA ustasi Justin Getjiga muddatidan avval mag‘lub bo‘lgan Iliya Topuriya zudlik bilan revanş olishga umid qilmoqda va mazkur to‘qnashuvni Ispaniyada o‘tkazmoqchi. Bu haqida "El-Matador" jamoasi vakili Pablo Motos ma’lum qildi.
"Iliya Justinga qarshi bahsda ko‘z kosasi suyaklari va burnini sindirib oldi. Ayni paytda shifokorlar uning jarohatlarini imkon qadar tezroq tuzatishga harakat qilmoqda, biroq afsuski, "El-Matador" hali ham ko‘zlarini normal ocha olmayapti.
Bugun Iliya bilan uchrashdim. Biz bu yozda nima qilishimizni muhokama qildik, hazillashdik va u menga juda yoqqan bir gapni aytdi: "Chempionlar yiqilganda qattiq yiqiladi". Shundan so‘ng, Topuriya Ispaniyada Getji bilan revanş o‘tkazish istagini bildirdi", – deya Pabloning so‘zlarini keltirdi "Red Corner MMA".

Fikrlar