Iliya Topuriya oktagonga nima uchun atirgul bilan chiqadi?

  • 10.04.2026 17:19
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya o‘z janglaridan so‘ng, nima uchun oktagonga atirgul olib chiqishini tushuntirdi.

"Buning o‘z ma’nosi bor. Matador buqa bilan jang tugagach, hurmat belgisi sifatida atirgulni qoldiradi. Bu mening raqibimga bo‘lgan hurmatim", – dedi Iliya "One on One MMA" ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Topuriya 14 iyun kuni Oq Uydagi UFC turnirida amerikalik Justin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!