Immobile A Seriyaning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 05.11.2019 08:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Latsio” klubi forvardi Chiro Immobile A Seriyada o‘tgan oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, 29 yoshli italiyalik futbolchi o‘tgan oy chempionat doirasida 5 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Ma’lumot uchun, “Latsio” ayni damda A Seriya musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!