Immobile Evropa ligasida hafta futbolchisi deb topildi

  • 23 fevral, 2018, 20:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning “Latsio” klubi Chiro Immobile Evropa ligasida hafta futbolchisi deb topildi. UEFA rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada italiyalik futbolchi g‘olib chiqdi.

Tecno

Immobile kecha Evropa ligasi 1/16 final bosqichi doirasida Ruminiyaning “Styaua” klubiga qarshi kechgan bahsda xet-trik qayd etdi va jamoasining keyingi bosqichga chiqishiga yordam berdi.

Unga so‘rovnomada ishtirok etganlarning 49 % ovoz berdi. “Milan” hujumchisi Fabio Borini 32 %, “Atletiko” hujumchisi Kevin Gameyro esa 15 % ovoz oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!