
Indzagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylanishi mumkin
Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Simone Indzagi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi bilan bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Patrik Berger ijtimoiy tarmoq X (avvalgi Twitter)da xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, saudiyaliklar italiyalik murabbiyni Jorje Jezushning o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda va uni eng ko‘p maosh oladigan murabbiyga aylantirish niyatida. Hozircha tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan. Indzagi so‘nggi kunlarda muzokaralarni to‘xtatib, to‘liq e’tiborini Chempionlar Ligasi finaliga qaratgan. Kutilishicha, final uchrashuvidan keyin muzokaralar davom ettiriladi.
2024/2025 yilgi UEFA Chempionlar Ligasi final uchrashuvi PSJ hamda "Inter" o‘rtasida 31 may kuni Germaniyaning Myunxen shahridagi "Allians Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar