Indzagi "Milan"ni boshqarmoqchi

  • 23.05.2019 11:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi rahbariyati "Latsio" bosh murabbiyi Simone Indzagini jamoaga olib kelmoqchi.

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq unga "Yuventus"dan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, Corriere della Sera nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Indzagini ko‘proq “rossonerilar”ning taklifi qiziqtirmoqda.

O‘z navbatida “Latsio” rahbariyati ham tajribali murabbiyini qo‘yib yuborishni xohlamayapti. Indzagining rimliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, “Latsio” joriy mavsum Italiya kubogini qo‘lga kiritdi va yangi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!