Inesta Busketsning faoliyati yakunlangani munosabati bilan post yozdi
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta jamoadoshi Serxio Busketsning faoliyati yakunlanganiga munosabat bildirdi.
"Sen bilan birga maydonda bo‘lish ulkan sharaf bo‘ldi. Ushbu yillardan zavq oldim! Bu ajoyib vaqt edi!
Sen futbol tarixiga kirgan eng buyuk o‘yinchilardan birisan, bu borada hech qanday shubha yo‘q. Sening o‘yin uslubing noyob bo‘lib, abadiy xotiramizda qoladi.
Oldindagi barcha ishlaringda omad tilayman", – deb yozdi Inesta ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, Buskets MLSda mavsum o‘z nihoyasiga etganidan so‘ng futbolchilik faoliyatini tugatishini e’lon qilgan edi.



Fikrlar