
Inesta EChLda g‘olib bo‘lishga da’vogar jamoalar qaysiligini aytdi
Faoliyatini Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubida davom ettirayotgan ispaniyalik futbol yulduzi Andres Inesta joriy mavsum Chempionlar ligasida qaysi jamoalar g‘oliblik uchun asosiy da’vogar ekanligini aytdi.
“Ochig‘i bu borada biron narsa deyish qiyin, ammo, birgina omadsiz o‘yin har qanday jamoani g‘oliblik umididan mahrum etishi mumkin. Lekin menimcha "Yuventus", "Barselona" va "Liverpul" chempionlik uchun ancha yaqin hisoblanadi. Ushbu jamoalar qolganlarga nisbatan ustunlikka egalar, ammo, ularning ham xato qilishga haqlari yo‘q”, - deydi Inesta.
Eslatib o‘tamiz, EChL 1/4 final bosqichida “Barselona” “Manchester Yunayted” bilan, “Yuventus” “Ayaks” bilan, “Liverpul” esa “Portu” bilan kuch sinashadi.
Fikrlar