
Inesta "Vissel Kobe" sardoriga aylandi (FOTO)
Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubida faoliyat olib borayotgan ispaniyalik futbol yulduzi Andres Inesta jamoaning yangi sardoriga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki bunga qadar jamoa sardori Lukas Podolski edi.
Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Inesta “Vissel Kobe” safiga 2018 yil “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 7ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 3ta gol urishga erishdi.
Fikrlar