
Inestani yana bir mavsum "Barselona"da olib qolishmoqchi
Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati jamoa sardori Andres Inestani yana bir mavsum “Kamp Nou”da olib qolishni istamoqda.
Ta’kidlash lozimki, agar jamoa rahbariyati o‘tgan yil “Barselona” bilan bir umrlik shartnoma imzolagan 33 yoshli futbolchini joriy yilning 30 apreligacha ko‘ndira olmasa, u holda Inesta ushbu kelishuvni buzishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda klub prezidenti Jozep Bartomeu va bosh murabbiy Ernesto Valverde FIFA kunlari sabab vujudga kelgan qisqa muddatli tanaffusdan unumli foydalanib, futbolchini ko‘ndirishga harakat qilishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Inestaga Xitoy klubidan super taklif bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar