
Infantino va KONKAKAF OFK vakili uchun ovoz berdi, UEFA esa bunga qarshilik qildi
Ayollar futbolidagi eng yirik musobaqa Osiyoga qaytmoqda. Sababi, 2023 yilgi jahon chempionati mezbonligini aynan OFK a’zo mamlakati Avstraliya hamda Yangi Zelandiya qo‘lga kiritdi.
Ovoz berish jarayonida FIFA Kengashiga UEFA hamda KONBEMOLdan saylangan delegatlar ushbu taklifga qarshi chiqdi. Biroq Shimoliy Amerika hamda Afrika vakillari Osiyo va Okeaniya tomonida bo‘ldi.
E’tiborli jihati, FIFA prezidenti Janni Infantino ham Avstraliya hamda Yangi Zelandiya uchun ovoz bergan.
Ayollar o‘rtasidagi ushbu jahon chempionati Okeaniyada bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi birinchi mundial hisoblanadi. 2023 yilgi musobaqadan boshlab ishtirokchi mamlakatlar soni 24 tadan 32 tagacha oshirildi. Buning natijasida, mezbon konfederatsiyasi hisoblangan OFK uchun ko‘proq kvota berilishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, birinchi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati aynan Osiyo qit’asida bo‘lib o‘tgan edi. 1991 yili mazkur turnirga Xitoy stadionlarida start berilgan.
Fikrlar