
Insayd! "Andijon" futbolchisi "Navbahor"ga o‘tishi kutilmoqda
"Andijon" safida yorqin mavsum o‘tkazgan himoyachi Ilhom Alijonov "Navbahor"ning birinchi transferiga aylanishi mumkin. Bu haqda SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev telegram kanali orqali xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Samvel Babayan allaqachon futbolchi bilan Namanganga ko‘chib o‘tish borasida suxbatlashgan. Alijonov o‘ylab ko‘rish uchun biroz vaqt so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, Alijonov yakunlangan mavsum Superliganing 19 o‘yinida 3 ta gol va 2 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar