
Insayd! "Bunyodkor"da o‘zgarish, jamoada Qirg‘iz Respublikasi sobiq bosh murabbiyi ish boshlaydi
Toshkentning "Bunyodkor" klubi bosh murabbiy Murod Otajonovni iste’foga chiqardi. Klub uning o‘rniga yangi nomzod ham topib ulgurgan.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "qaldirg‘ochlar" Qirg‘iz Respublikasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan Aleksandr Krestinin bilan shartnoma imzolagan. Tez orada rasmiy xabar e’lon qilinadi.
Mutaxassis Qirg‘iz Respublikasi milliy terma jamoasi bilan yurtimizda bo‘lib o‘tgan "Navruz Cup" musobaqasida ham ishtirok etgan. U boshchiligida qo‘shnilarimiz O‘zbekiston terma jamoamizga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlagan "Bunyodkor" birinchi davradan so‘ng Superligada 9-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar