
Insine: Faqat bitta futbolchi Messidan yaxshiroq bo‘lishi mumkin
"Napoli" hujumchisi Lorentso Insine "Barselona" va Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Messida boshqalarga xos bo‘lmagan fazilatlar mavjud. Men uni futbolchi va shaxs sifatida hurmat kilaman. Leo shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilmaydi, shuni o‘zi u haqida taasurot olish uchun etarli deb o‘ylayman. Messi maydonda ham, undan tashqarida ham chempion.
Faqatgina bir futbolchi Messidan yaxshiroq bo‘lishi mumkin. U - Diego Maradano, chunki Maradona men uchun doimo birinchi bo‘lib kelgan", - deydi Insine.
Fikrlar