
Insine "Napoli"dan nima talab qilmoqda?
"Napoli" hujumchisi Lorentso Insine jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 29 yoshli futbolchi yiliga 5 million evro maosh talab qilmoqda. Bundan tashqari, u yangi shartnoma imzolagani uchun “Napoli”dan qo‘shimcha 2,5 million evro bonus ham so‘ramoqda.
Insinening neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum A Seriyada 27 ta o‘yinda ishtirok etdi va 15 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
“Napoli” ayni damda Italiya chempionatida 59 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. 4-o‘rinda borayotgan "Atalanta" hisobida 61 ochko mavjud.
Fikrlar