Insine xaloskorga aylandi. "Napoli" so‘nggi daqiqada mag‘lubiyatdan qutilib qoldi (video)
Italiya A Seriyasining 14-turida “Napoli” o‘z maydonida “Torino”ni qabul qildi.
“Diego Armando Maradona” nomli stadionda kechgan o‘yinda kuchlar teng keldi – 1:1. Dastlab, Armando Itstso (56') o‘z goli bilan turinliklarni hisobda oldinga olib chiqdi, ammo o‘yinning so‘nggi daqiqasida Lorentso Insine (90') gol urib, mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar