
"Inter" 2 daqiqada 2 ta gol urdi va mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirdi (video)
Italiya A Seriyasining 2-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv Milanda bo‘lib o‘tdi. Shu kuni “Inter” “Fiorentina”ni qabul qildi.
Bellashuv chindan ham o‘z maqomiga yarasha bo‘ldi. Gollar shousiga aylanib ketgan ushbu o‘yin 4:3 hisobida “neradzurrilar”ning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. “Inter” safida gollarni Lautaro Martines, Romelu Lukaku va Danilo D'Ambrozio kiritdi. Yana bir golni esa, raqib futbolchisi Federiko Chekkerini o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar