
"Inter" diskvalifikatsiya qilingan darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
“Inter” taqiqlangan modda qabul qilgani sabab 2021 yilning noyabrigacha diskvalifikatsiya qilingan “Ayaks” darvozaboni Andre Onanani tarkibga qo‘shib olmoqchi.
“Neradzurrilar” allaqachon bu masala yuzasidan 25 yoshli kamerunlik posbonning agenti bilan bog‘lanishgan. Bu haqda Sky Sport Italia muxbiri Janluka Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “Inter” Onanani 2022 yilning yozida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Aytish lozimki, kelgusi yil Andrening “Ayaks” bilan amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli u “Inter”ga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Onana o‘tgan mavsum “Ayaks” safida jami 26 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar