"Inter" futbolchisini A Seriyaning boshqa bir klubiga sotadi

  • 12.07.2019 11:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Yann Karamo faoliyatini “Parma”da davom ettirishga yaqin turibdi.  

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda klublar 21 yoshli futbolchining transferi masalasida kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra “Parma” Karamo uchun “neradzurrilar”ga 12 mln evro to‘laydi. Ta’kidlash kerakki, milanliklar shuningdek futbolchining kelajakdagi transferidan keladigan mablag‘ning 50 foiziga ham egalik qilishadi.

Frantsiyalik futbolchi kelayotgan haftada yangi jamoasi safida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va shartnoma imzolashi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Karamo o‘tgan mavsumni “Bordo” safida ijarada o‘tkazdi va 22ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!