
"Inter" g‘alaba qozonib, chempionlikka yanada yaqinlashdi. "Yuventus" esa ochko yo‘qotdi
Italiya chempionati etakchilari 33-turdan o‘rin olgan uchrashuvlarni o‘tkazishdi.
Peshqadam "Inter" o‘z uyida "Verona"ni qabul qildi. Milanliklar Darmianning yagona goli evaziga g‘alaba qozonib, chempionlikka yanada yaqinlashdi.
Ronaldu boshchiligidagi "Yuventus" safarda "Fiorentina" bilan kuch sinashdi. Bellashuvda jamoalar har qancha harakat qilishmasin darvozalarga yo‘l topa olishmadi.
Fikrlar