"Inter" Hakimiga raqobatchi topib qo‘ydi
"Pari Sen-Jermen" qanot himoyachisi Xuan Bernatt yozda "Inter" tarkibini to‘ldirishi mumkin, deya xaber bermoqda Tuttosport nashri.
Milan klubi bosh murabbiyi Antoni Konte qanot himoyasida raqobatni kuchaytirish maqsadida ispaniyalik futbolchini olib kelishni maqsad qilgan.
Bernattning parijliklar bilan shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi va u erkin agent maqomida istalgan klub bilan muzokaralarga kirishishi mumkin.
Joriy mavsumda Bernatt PSJ safida uchta o‘yinda maydonga tushib, ikkita sariq kartochka ishlab olgan.

Fikrlar