"Inter" Indzagi o‘rniga 3 ta nomzod topib qo‘ydi

  • 1 iyun, 08:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar Ligasi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Milaning "Inter" klubi o‘ziga ehtimol yangi bosh murabbiy izlashiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Shanba kuni "neradzurrilar" finalda PSJga yirik 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Bu o‘yin Simone Indzagi uchun "Inter" bosh murabbiyi sifatidagi so‘nggi uchrashuv bo‘lishi mumkin — bu haqda o‘yindan oldin ham xabar berilgandi.

Jurnalist Janluka Di Martsio xabariga ko‘ra, agar Indzagi chindan ham klubni tark etsa, Milan grandi rahbariyati uning o‘rniga yosh murabbiyini taklif qilishni rejalashtirmoqda. Nomzodlar orasida Sesk Fabregas ("Komo"), Kristian Kivu ("Parma") va Roberto De Dzerbi ("Marsel") bor.

Eslatib o‘tamiz, Simone Indzagiga "Al-Hilol" tomonidan qiziqish bildirilyapti va uning tayinlanishi yaqin kunlarda e’lon qilinishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!