
"Inter" katta maosh oladigan ikki futbolchisini transferga qo‘ydi
"Inter" rahbariyati ish haqi xarajatlarini qisqartirish siyosatini olib bormoqda va shu munosabat bilan bir qator yuqori maoshli futbolchilarni sotishga tayyor.
Italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, “neradzurrilar” transferga ikki nafar chililik futbolchini qo‘ydi. Bular yarim himoyachi Arturo Vidal va hujumchi Aleksis Sanches.
34 yoshli Arturo 2022 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma asosida yiliga 6,5 million evro, 32 yoshli Aleksis 2023 yilgacha tuzilgan shartnomaga ko‘ra 7 million maosh olmoqda.
Vidal yakunlangan mavsum A Seriyada 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga mualliflik qildi. 30 ta o‘yinda ishtirok etgan Sanches esa o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar