"Inter" Lautaroga zo‘r taklif bilan chiqdi

  • 30 noyabr, 2020, 16:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, deya xabar bermoqda The Sun nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi "neradzurrilar" bilan imzo chekadigan yangi kelishuvda uning maoshi teng barobarga oshadi. Yaqin vaqtlar ichida tomonlar uzoq davom etgan muzokaralarni yakunlaydi.

Oldinroq, hujumchi xizmatlariga "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

Futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma 2023 yil yozigacha amal qiladi. Ayni damda uning maoshi yiliga 2,5 million  evroni tashkil etmoqda.

Joriy mavsumda Martines A Seriyada 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol kiritib, 2 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!