“Inter” Lukaku o‘rniga ikki superhujumchi topdi

  • 14 avgust, 2021, 10:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Asosiy to‘purari Romelu Lukakuni “Chelsi” qo‘yib yuborgan “Inter” belgiyalik hujumchi o‘rnini bosa oladigan bir juft futbolchi topdi.

Londonliklardan yaxshigina mablag‘ undirgan “Inter” mutasaddilari Lukaku o‘rniga “Napoli” hujumchisi Lorentso Insineni olib kelmoqchi. Bu hujumchining neapolliklar bilan hamkorligi kelasi yili yakuniga etadi va yangi bitim tuzilgani yo‘q. Milanliklar Insine transferini tez orada hal qilmoqchi.

Shuningdek, “Inter” xo‘jayinlari “Everton” hujumchisi Moyze Kin varianti bo‘yicha ham ish boshladi. Ular hujumchining agenti Mino Rayola bilan muzokara olib boryapti. “Everton” o‘tgan mavsum PSJda ijarada o‘ynagan hujumchisini 40 million evroga baholamoqda.

Bundan tashqari, Italiya ommaviy axborot vositalarida “Roma” bilan kelisha olmayotgan Edin Jeko ham “Inter” safini to‘ldirishi mumkinligi yozilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!