"Inter Mayami" Modrichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 31 oktabr, 2023, 11:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"ning asosiy tarkibidagi barqaror o‘rnini yo‘qotgan 38 yoshli yarim himoyachi Luka Modrich faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirish imkoniyatiga ega.

"Todofichajes" nashrining xabar berishicha, Lionel Messi, Xordi Alba va Serxio Busketslar jamoasi “Inter Mayami” xorvatiyalik tajribali yarim himoyachi xizmatlariga hamon qiziqish bildirmoqda. Amerika klubi rahbariyati futbolchining vakillari bilan muzokaralar olib borishga tayyor.

Luka 2012 yilning yozidan beri "Real"da o‘ynab kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Modrichning narxi 10 million evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!