“Inter” Mourino davridan beri bu natijani ilk bor qayd etdi

Evropa Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvda “Inter” futbolchilari Leverkuzenning “Bayer” klubiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli ruhda kechgan bellashuv “nerradzurilar”ning 2:1 hisobidani g‘alabasi bilan yakunlandi. Natijada, Konte shogirdlari keyingi bosqich chiptalariga ega chiqishdi.

E’tiborli jihati, milanliklar evrokuboklar yarim finalida bundan roppa-rosa 10 yil avval ishtirok etgan va yakunda bosh sovrin egasiga aylangan edi. “Inter” futbolchilari o‘shanda portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino boshqaruvida Chempionlar Ligasida zafar quchgan.

Ma’lumot uchun, endi “nerradzurilar” final ostonasida “Shaxtyor” hamda “Bazel” jamoalari g‘olibiga qarshi bahs yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!