
"Inter" MYu futbolchisini ijaraga olmoqchi
"Inter" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
FC Inter News nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “neradzurrilar” gollandiyalik futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Ammo “qizil iblislar” bu taklifga rad javobini bermoqda.
MYu van de Bekni 2019 yil 39 mln evro evaziga “Ayaks”dan sotib olgan edi. U joriy mavsum jami 21 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar