"Inter" MYu futbolchisining transferidan voz kechmoqchi

Sky Italia ma’lumotiga ko‘ra, Milanning "Inter" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Eshli Yang transferidan voz kechishi mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, "neradzurrilar" "Roma" futbolchisi Leonardo Spinatstsolani qo‘lga kiritish niyatida. Milanliklar Spinatstsolani Matteo Politanoga almashtirish variantini ko‘rib chiqishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Eshli Yang "Inter"ga o‘tish uchun MYuning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini rad etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!