"Inter" PSJ bilan raqobatga tayyor

  • 16.04.2021 13:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsumni PSJ safida ijarada o‘tkazayotgan “Roma” himoyachisi Alessandro Florentsi faoliyatini A Seriya grandi tarkibida davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 30 yoshli italiyalik futbolchiga “Inter”dan jiddiy taklif bo‘lmoqda. “Neradzurrilar” Florentsining transferi uchun Parij klubi bilan raqobatlashishga tayyor.

Florentsi joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 18 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu o‘yinlarda 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning ayni damdagi transfer narxi 15 million evroga baholanmoqda.

Alessandro Florentsi 2012 yildan buyon Italiya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U terma jamoa safida 42 ta o‘yin o‘tkazgan va 2 ta gol muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!