
"Inter" qishda Matichni sotib olmoqchi
Milanning "Inter" klubi qishki transferlar davrida "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha “neradzurrilar” 31 yoshli serbiyalik futbolchiga 3 yillik shartnoma va yiliga 5 mln evro maosh taklif qilishmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Matichning MYu bilan tuzgan shartnomasi mavsum so‘nggida nihoyasiga etadi. Ammo, “Inter” uni davralar oralig‘idayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Matich joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar