"Inter" safarda ochko yo‘qotdi

  • 8 yanvar, 2023, 02:52
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" Italiya A Seriyasining 17-turida "Montsa" mexmoni bo‘ldi. 10-daqiqada Darmian hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas mezbonlar hisobni tenglashtirdi. 22-daqiqada Lautaro Martines jamoasini oldinga olib chiqdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda zaxiradan maydonga tushgan Kaldirola gol urib, klubini mag‘lubiyatdan qutqardi.

Shu tariqa, milanliklar turnir jadvalida 4-o‘rinda qoldi. "Montsa" esa 14-pag‘onani band qilib turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!