“Inter” Simeone uchun “Atletiko”ga 50 million evro to‘lashga tayyor

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning “Inter” klubi rahbariyati kelasi yozdan boshlab jamoani Diego Simeone boshqarishini xohlamoqda.

Il Corrierre dello Sport nashrining xabar berishicha, “neradzurrilar” argentinalik mutaxassis uchun “Atletiko”ga 50 million evro tovon puli to‘lashga tayyor. Agent Kia Jurabchian allaqachon ushbu ish yuzasidan harakatlarni boshlab yuborgan.

Ma’lumot uchun, Simeonening “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!